Putin: Dunyo ortga qaytib bo‘lmas nuqtaga yaqinlashdi

Dunyo

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 14-iyun kuni Rossiya TIV rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida dunyo qaytib bo‘lmas nuqtaga yaqinlashganini ta’kidladi.

Putin: Dunyo ortga qaytib bo‘lmas nuqtaga yaqinlashdi
Uning so’zlariga ko’ra, bugungi ahvolga G‘arb davlatlarining xudbinligi va takabburligi sabab bo‘lgan.

"G'arb davlatlarining xudbinligi va takabburligi hozirgi o'ta xavfli vaziyatga olib keldi. Biz qaytib bo‘lmas nuqtaga yaqinlashdik. Yadro qurollarining eng katta arsenaliga ega bo'lgan Rossiyani strategik jihatdan mag'lub etishni taklif qilayotgan g'arb siyosatchilari o'ta xavfli va tavakkal xatti-harakatlarini namoyish qilmoqdalar”, — dedi Putin.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Yevro-Atlantika xavfsizlik tizimining barbod bo‘lganini ta’kidlab, Yevroosiyoda yangi xavfsizlik tizimini yaratishni taklif qildi.

"Xalqaro hamjamiyat ishonchli va adolatli xavfsizlik tartibini yaratish uchun noyob imkoniyatga ega edi. Buning uchun ko'p narsa talab qilinmasdi: shunchaki barcha manfaatdor tomonlarning fikrlarini tinglash qobiliyati va ularni ko'rib chiqishga o'zaro tayyorlik. [...] Biz har doim G'arbning noto'g'ri yo'nalishini ko'rsatib kelganmiz. [...] Aslida, biz uni qaytadan yaratishimiz, Yevroosiyoda yangi xavfsizlik konturini shakllantirishimiz kerak”, — deya qoʻshimcha qildi Putin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing