Putin ilk bor Zelenskiy taklifini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi

Siyosat

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan kelgan 30 kunlik mo‘ratorni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi. U bu tashabbusni "alohida o‘rganishga arzigulik" deb atadi, deb yozadi Euronews.

Putin ilk bor Zelenskiy taklifini jiddiy ko‘rib chiqishga tayyorligini aytdi
Putinga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan ilgari surilgan fuqarolik obyektlariga hujumlarni vaqtincha to‘xtatish taklifi ikki tomonlama tarzda muhokama qilinishi mumkin. Bu orada, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bu muloqot bevosita Ukraina bilan bo‘lishi mumkinligini tasdiqladi.

Putin shuningdek, Rossiya armiyasi Sumi shahrida fuqarolik inshootiga zarba berganini tan oldi, biroq u yerda harbiylar mukofotlanayotganini da’vo qildi. Bu hujumda kamida 35 kishi halok bo‘lgan, yana 130 ga yaqin kishi jarohat olgan.

Zelenskiy esa Rossiya bilan bevosita muzokaralarga ochiqligini yana bir bor tasdiqladi. U 30 kunlik dron va raketa hujumlariga moratoriy joriy qilishni taklif qildi. Unga ko‘ra, Pasxa davrida frontda nisbiy osoyishtalik saqlangani Rossiyaning istasa, o‘ldirishlarni kamaytirishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Shu bilan birga, bu bayonotlar fonida AQSh prezidenti Donald Tramp bu hafta o‘zining tinchlik rejasini e’lon qilishi kutilmoqda. Rejada Ukraina tomonidan ayrim hududlardan voz kechish va Yevropa qo‘shinlarining joylashtirilishi taklif etilishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing