Putin: "Oreshnik hamma narsani changga aylantiradi. Zarba kuchi — yadro qurolinikiga teng."
Dunyo
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXSHT (kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) sammitida nutq so‘zladi. "Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya hududiga AQShning ATACMS raketalari bilan hujum qilishni to‘xtatmayapti. Rossiya bunga doimo javob beradi.
So‘nggi ikki kun ichida Rossiya Ukrainaga qarata 100 ta raketa va 466 ta zarba beruvchi dron uchirdi. 17 ta nishon — harbiy va mudofaa obyektlari yo‘q qilindi.
Biz G‘arb tomonidan Ukrainaga qancha raketa yetkazilgani va yana qancha yetkazilishi rejalashtirilganini yaxshi bilamiz. Kiyev rejimi rahbarlari — ular hokimiyatni noqonuniy egallagan uzurpatorlardir — o‘z xo‘jayinlaridan qo‘shimcha harbiy texnika so‘rashda davom etmoqda.
Ammo ular bizning "Kalibr", "Kinzhal" va "Tsirkon" tizimlarimizni esdan chiqarmasliklari kerak. Bu qurollarning texnik xususiyatlari bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q.
Rossiya raketalari ishlab chiqarish hajmi oshib bormoqda va to‘liq quvvatda ishlamoqda. Bizning ishlab chiqarish hajmimiz NATO mamlakatlarining jami ishlab chiqarish hajmidan o‘n baravar ko‘p. Keyingi yilda bu ko‘rsatkich yana 25-30% ga oshiriladi. Yaqin yillarda bu toifaga kiruvchi boshqa qurollarimiz ham bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda aytilganidek, mijoz, shubhasiz, mamnun bo‘ladi.
"Oreshnik"ning seriyali ishlab chiqarilishi allaqachon boshlangan. Bu raketa kuchli himoyalangan obyektlarni ham yo‘q qila oladi. Hamma narsani changga aylantiradi. "Oreshnik"ning keng miqyosda va guruhli qo‘llanilishi zarba kuchi bo‘yicha yadro quroliga teng bo‘ladi."
So‘zlar tahrir qilingan, ammo ularning ma’nosi to‘liq saqlangan, deb xabar bermoqda Meduza.

Powered by Froala Editor