Putin Ostonaga keldi

Siyosat

U ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi.

Putin Ostonaga keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi, deya xabar bermoqda Kreml sayti.

“Rossiya prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qozog‘iston poytaxti Ostona shahriga keldi”, — deyiladi xabarda.

ShHT sammiti 3 va 4-iyul kunlari Ostonada “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash: barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Sammitning asosiy dasturi ertaga belgilangan.

ShHT 2001-yilda tashkil topgan. Unga Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Oʻzbekiston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar Afgʻoniston, Belarus va Moʻgʻulistondir. Hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka. Bu galgi sammitda Belarus ShHTga to‘laqonli a’zo bo‘lishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3–4-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing