Putin oziq-ovqat embargosini 2024-yilgacha uzaytirdi

Iqtisodiyot

Embargo Yevropa Ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Albaniya, Chernogoriya uchun amal qiladi.

Putin oziq-ovqat embargosini 2024-yilgacha uzaytirdi
2014-yilda sanksiyalarga javoban kiritilgan Rossiya oziq-ovqat embargosi 2024-yilgacha uzaytirildi. Bu Prezident Vladimir Putin tomonidan imzolangan farmonda ma’lum qilingan.

"Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2014-yil 6-avgustdagi 560-sonli "Rossiya Federatsiyasining xavfsizligini ta'minlash uchun ayrim maxsus iqtisodiy choralarni qo'llash to'g'risida"gi qarorida nazarda tutilgan ba’zi maxsus iqtisodiy chora-tadbirlarning amal qilish muddati 2024-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha uzaytirilsin”, deyiladi hujjatda.

Qayd etilishicha, embargo doirasida iqtisodiy sanksiyalar joriy etishga qaror qilgan davlatlardan go‘sht va sut mahsulotlari, baliq, sabzavotlar, meva va yong‘oqlarni mamlakatga olib kirish taqiqlanadi. Embargo Yevropa Ittifoqi, AQSh, Avstraliya, Kanada, Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn, Albaniya va Chernogoriyaga tegishlidir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing