Putin: Rossiyaning tinchlik takliflari mojaroga barham berishni nazarda tutadi
Dunyo
Rossiya tomonidan ilgari surilgan tinchlik takliflari haqiqatan ham mojaroga barham berishni nazarda tutadi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada boshlangan “Primakov o‘qishlari” ishtirokchilariga murojaatida, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Umid qilamanki, biz ilgari surgan tashabbusning mohiyatini fahmlashni ham istamagan ko‘plab g‘arb siyosatchilaridan farqli o‘laroq, forum ishtirokchilari uni ko‘rib chiqishga puxta va oqilona yondashadilar. Qolaversa, tashabbuslarimiz haqiqatan ham mojaroni to'xtatish va uning siyosiy-diplomatik yechimiga o'tish imkoniyatini nazarda tutishini ko'ra olishlariga ishonaman”, - deyiladi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov tomonidan oʻqilgan murojaatda.
25-26-iyun kunlari Moskvada “Rossiya jahon kontekstda” mavzusidagi “Primakov o‘qishlari” X Xalqaro ilmiy-ekspert forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu xalqaro munosabatlar va jahon iqtisodiyoti bo'yicha ekspertlarning yillik xalqaro yig'ilishidir. Forum doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olimlar, siyosatchilar va diplomatlar global va mintaqaviy tahdidlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
14-iyun kuni Putin Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi tinchlik takliflari bilan chiqdi,unda Qrim, Lugansk Xalq Respublikasi, Donesk Xalq Respublikasi, Xerson va Zaporojye viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi subyektlari sifatida tan olinishi, Ukrainaning blokdan tashqari va yadrosiz maqomini mustahkamlash, uni demilitarizatsiya qilish va denatsifikatsiya qilish, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish ko'zda tutilgan.

Powered by Froala Editor