Qaysi hollarda xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin: kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

O'zbekiston

O‘zbekistonda tibbiy ko‘rsatmalar asosida xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat etilgan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi.

Qaysi hollarda xavfsizlik kamarini taqmaslik mumkin: kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xavfsizlik kamaridan foydalanish mumkin bo‘lmagan kasalliklar va holatlar ro‘yxatini tasdiqladi. Ushbu hujjat Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan va vazirning 2025 yil 24 dekabrdagi 29-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Ro‘yxatga suyak sinishlari, yurak-qon tomir va nafas olish tizimining og‘ir kasalliklari, o‘pka xastaliklari, ayrim jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar, jismoniy cheklovlar hamda past bo‘y kabilarni o‘z ichiga olgan 20 ta holat kiritilgan.

Mazkur tashxislarga ega fuqarolar tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda xavfsizlik kamarini taqmaslik huquqiga ega. Ma’lumotnoma QR-kod bilan elektron shaklda «Elektron sog‘liqni saqlash» tizimi orqali rasmiylashtiriladi.

Ma’lumotnoma kasallik xususiyatiga qarab bir yilgacha yoki muddatsiz berilishi mumkin.

Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, haydovchi va old o‘rindiqdagi yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqishi shart. Istisno holatlar — 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador ayollar va sog‘lig‘i tufayli kamar taqa olmaydigan shaxslardir.

Xavfsizlik kamarini taqmaganlik uchun haydovchiga 206 ming so‘m miqdorida jarima belgilanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing