Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan keladi

Siyosat

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov yaqin orada rasmiy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjar Bolotov ma’lum qildi.

Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan keladi
“Ikki prezidentning boʻlajak uchrashuvi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha umumiy sadoqatni oʻzida mujassam etgan holda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni mustahkamlashda muhim bosqich boʻladi”, — dedi vazir oʻrinbosari Bishkekdagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston biznes-forumining ochilishida.

U yig‘ilganlarga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish rejalarini eslatib, bu maqsadni “ambitsiyali, ammo erishish mumkin” deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab temir yo‘l qurilishi joriy yilning avgust oyida boshlanadi. Yangi yo‘nalish tovarlarni Yevropaga joriy vaqt jadvalidan 7–8 kun tezroq yetkazib berish imkonini beradi. Ushbu temir yo‘l yordamida Qirg‘iziston va O‘zbekiston jahon savdosiga qo’shilishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing