Qirg‘iziston tashqi qarzini 2035-yilgacha to‘lamoqchi

Dunyo

Ayni paytda Qirg‘iziston “ikki marta o‘lchab, bir kes” tamoyili bo‘yicha ish olib bormoqda.

Qirg‘iziston tashqi qarzini 2035-yilgacha to‘lamoqchi
Qirg‘iziston 2035-yilgacha orttirilgan qarzlarini to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Ilgari olingan kreditlar o‘zini-o‘zi ta’minlovchi loyihalar uchun ishlatilmadi. Pul qumga botgandek g‘oyib bo‘ldi. “Shimol-Janub”, “Datka-Kemin” muqobil yo‘li, IES uchun olingan so‘nggi kreditlar to‘g‘ri bo‘ldi. Bizga bu loyihalar kerak edi, lekin ular bizga ikki barobar qimmatga tushdi. Nazorat juda yomon edi, o‘g‘irliklar bo‘ldi”, dedi Japarov.

Sadir Japarovning fikricha, qarzlarni to‘lash vaqti kelgan va davlat ularni to‘lashga kirishgan.

“2035-yilga borib biz ilgari yuzaga kelgan qarzlarni to‘laymiz. Biz barcha zaxiralarimizni to‘plashimiz mumkin. Buning uchun davlatimizning kuchi yetarli”, deydi prezident.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Qirg‘iziston “ikki marta o‘lchab, bir kes” tamoyili bo‘yicha ish olib bormoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li o‘zining qimmatligi va 35-40 yil ichida o‘zini oqlash muddati bilan bu haqda o‘ylashga majbur qiladi. Shu bilan birga, loyiha Qirg‘izistonni boshi berk ko‘chadan tranzit mamlakatga aylantirish imkonini beradi.

“Yo‘l qirg‘iz xalqi va davlatiga umrbod xizmat qiladi. Biz bu loyihani tashqi qarz yo‘li bilan emas, balki boshqacha yo‘l bilan amalga oshirishni ko‘rib chiqyapmiz. Xudo xohlasa, tez orada bu masalani hal qilib, qurilish ishlarini boshlaymiz. Qirg‘izistonliklar boshqa loyihalar uchun olgan qarzlari haqida qayg‘urmasliklari kerak. Har bir joriy loyiha davlat byudjetiga ta’sir qilmasdan o‘zini oqlaydigan loyihadir, - deya ta’kidladi Japarov.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing