Qirg‘izistonda davlat to'ntarilishining oldi olindi

Dunyo

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) ommaviy tartibsizliklarni qurol bilan tashkil etish va millatlararo nizoni qo‘zg‘atish orqali davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish oldi olinganini ma’lum qildi.

Qirg‘izistonda davlat to'ntarilishining oldi olindi
Kaktus.media nashri GKNBga tayanib xabar berishicha, 2025-yil boshidan boshlab bunday rejalarni tuzgan shaxslar guruhi “g‘oya mualliflari” rahbarligida nazorat ostiga olingan. Biroq GKNB kimlar haqida gap ketayotganini aniq ochiqlamagan.

Rejalashtirilgan provokatsiyalar orasida — yolg‘on videorolik suratga olish ham bo‘lgan. Unda “yengil kiyimda, kaltaklangan qirg‘iz qizi” go‘yoki chet elliklar tomonidan zo‘ravonlikka uchragach, yordam so‘raydi. GKNBga ko‘ra, ushbu videoning maqsadi aholida rezonans va vatanparvarlik g‘azabini uyg‘otish, 2024-yil may oyida Bishkekda yuz bergan voqealarga o‘xshash millatlararo tartibsizliklarni keltirib chiqarish bo‘lgan.

Maxsus xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, video tarqalganidan so‘ng, ilgari tayyorlangan va o‘qotar qurollar bilan qurollangan jangari guruhlar xorijliklar istiqomat qiluvchi hududlarda mushtlashuvlar va tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan.

“Bu harakatlar hukumat organlarini obro‘sizlantirish va aholining noroziligini kuchaytirish orqali keng ko‘lamli norozilik namoyishlariga sharoit yaratishga qaratilgan bo‘lgan, bularning barchasi shunday nom olgan ‘oppozitsiya’ tomonidan moliyalashtirilgan”, — deyiladi GKNB bayonotida.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakatlar tashqaridan boshqarilgan. Hozirda barcha ishtirokchilarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Qirg‘iziston hududida harakat qilgan guruh a’zolari qo‘lga olingan. Tashkilotchilardan biri hozirda chet elda – dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi.

Hozircha ikki mintaqaviy jamoat birlashmasi rahbarlari, jami 15 kishi hibsga olingan. MTRK “Mir” xabariga ko‘ra, vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida ishtirokchilar taxminan ming nafar yoshlarni jalb qilgan. Ularning uylarida va ofislarida olib borilgan tintuvlar chog‘ida tartibsizliklarga tayyorgarlikni tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

GKNB ma’lumotiga ko‘ra, davlat to‘ntarishi Qirg‘izistonda 28-noyabr kuni o‘tkaziladigan parlament saylovlaridan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil davomida ham maxsus xizmatlar mamlakatda kamida ikki marta hokimiyatni ag‘darishga urinishlar oldi olingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing