Qirg‘izistonda poytaxtni ko‘chirish masalasi muhokama qilinmoqda
Dunyo
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdan Manas shahriga ko‘chirilishi mumkinligi haqida fikrlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari va Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Kamchibek Tashiyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qadamni amalga oshirish uchun mamlakat bunga «loyiq darajaga yetishi» kerak. «Buning uchun shaharni, xalqni tayyorlash zarur. Poytaxt bo‘lish oson emas — buning uchun katta mablag‘lar, infratuzilma va modernizatsiya talab qilinadi», — dedi Tashiyev.
Shuningdek, u Manas 2026-yilda respublika ahamiyatidagi shahar maqomini olishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabr kuni prezident Sadir Japarov Jalolobod shahrining nomini Manas deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Hozirda Manas — 184 mingdan ortiq aholiga ega, mamlakatdagi uchinchi yirik shahar hisoblanadi.

Powered by Froala Editor