«Qizil chiziqdan o‘tildi»: UEFA AQSh futbolchisi bo‘yicha FIFA qaroriga qarshi chiqdi
Dunyo
FIFAning AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning JCh-2026dagi qizil kartochkasidan keyingi avtomatik diskvalifikatsiyasini to‘xtatib turish qarori xalqaro futbol mojarosiga sabab bo‘ldi. UEFA bu qadamni misli ko‘rilmagan deb atab, turnir yaxlitligiga tahdid haqida ogohlantirdi.
Balogun Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan va Belgiya bilan nimchorak final uchrashuvini o‘tkazib yuborishi kerak edi. Biroq FIFA Intizom kodeksining 27-moddasini qo‘llab, bir o‘yinlik diskvalifikatsiya ijrosini bir yillik sinov muddatiga to‘xtatdi.
The Guardian va Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Prezidenti Donald Tramp FIFA rahbariyatiga vaziyatni qayta ko‘rib chiqish iltimosi bilan shaxsan murojaat qilgan. Qarordan so‘ng u «katta adolatsizlik tuzatilganini» aytdi.
UEFA FIFA «qizil chiziqdan o‘tganini» bildirib, qarorni tushunarsiz va asossiz deb atadi. Belgiya futbol assotsiatsiyasi ham norozilik bildirib, apellyatsiya berdi. AQSh bosh murabbiyi Maurisio Pochettino esa Balogunning dastlabki chetlatilishini adolatsiz deb hisoblab, FIFA qarorini qo‘llab-quvvatladi.

Powered by Froala Editor