Qoraqalpog‘istonda fuqarolar tashabbusi asosidagi loyihalarga 182 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar tahlili va kelgusi vazifalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Unda 2023-yilda qilingan ishlar ko‘rib chiqilib, 2024-yilga mo‘ljallangan vazifalar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston aholisi 2 million nafardan oshdi. Har yili mehnat bozoriga 50 ming aholi kirib keladi. Davlat rahbari ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitib, daromadli ish va munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash kerakligiga e’tibor qaratdi.
Shu maqsadda joriy yilda ham keng ko‘lamli ishlar ko‘zda tutilgan. Xususan, sanoat hajmi 23 trillion so‘mga yetkazilib, 2 trillion so‘mlik yangi quvvatlar yaratiladi. To‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari tarmoqlarida 5 trillion so‘mlik 24 ta yirik loyiha ishga tushiriladi.
2024-yilda hududga 2 milliard 100 million dollar xorijiy investitsiya jalb etilishi mo‘ljallangan. Buning evaziga sanoatda 206 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 240 ta, qishloq xo‘jaligida 34 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Ularda 13 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rni ochiladi. Shuningdek, imkoniyatlardan samarali foydalanib, joriy yilda eksport hajmini 160 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Qishloq xo‘jaligida yer unumdorligini oshirish uchun xorijiy grant jalb qilinadi. 6 ming gektar yerga suv tejovchi texnologiya joriy qilinib, 31 ming gektar lazerli tekislanadi. Mahallalar infratuzilmasi va xonadonlar ta’mirlanadi. Yuqori texnologik tibbiy xizmatga muhtoj bemorlar davolanishiga 2,3 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, fuqarolar tashabbusi asosidagi loyihalarga 182 milliard so‘m, yil davomida mahalliy budjetdan yana 40 milliard so‘m ajratiladi. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasidagi loyihalarga 10 trillion so‘m beriladi.
Davlat rahbari Qoraqalpog‘istonda turizmni, ayniqsa, uning eko, etno, ziyorat yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish, turizm klasteri tashkil etish va sohaga xorijiy ekspertlarni jalb qilish yuzasidan topshiriq berdi. Nukus aeroportini rivojlantirish va aviaqatnovlarni ko‘paytirish, yangi mehmonxonalar qurish, muzeylarni modernizatsiya qilish, yo‘l bo‘yi xizmatlarini kengaytirish vazifalari ko‘rsatib o‘tildi.

Powered by Froala Editor