Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston hukumati iste’fosini qabul qildi

Siyosat

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev mamlakat hukumati iste’fosini qabul qilish to’g’risidagi farmonni imzoladi. Tegishli qaror Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining rasmiy saytida e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasining iste'foga chiqish sabablari aniqlashtirilmagan.

Qosim-Jomart Tokayev Qozog‘iston hukumati iste’fosini qabul qildi
Konstitutsiyaning 70-moddasi qoidalariga muvofiq prezidentning quyidagi qarori qabul qilindi:

Qozog‘iston Respublikasi hukumatining iste’fosini qabul qilish;

Bosh vazir vazifasini vaqtincha Sklyar Romanga yuklash;

Vazirlar Mahkamasi a’zolari yangi tarkib tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadilar.

Mazkur farmon imzolangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing