Qozogʻiston 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini koʻpaytiradi

Iqtisodiyot

2023-yilda tranzit 154 ming tonna bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil 550 ming tonnagacha oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Qozogʻiston 2024-yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini koʻpaytiradi
2024-yilda Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish hajmi rejalashtirilgan 500 ming tonnadan 550 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqda "KazTransOil" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlangan neft yetkazib berish jadvaliga muvofiq, yanvar oyida "KazTransOil" Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga 25 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berishni ta’minlaydi.

Kompaniyaning eslatishicha, "KazTransOil" magistral neft quvurlari tizimi orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga yuborish 2017-yilda boshlangan.

"2017-yilda tranzit hajmi 67,9 ming tonnani, 2018-yilda 35,8 ming tonnani tashkil etdi. 2019–2022-yillarda Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti bo‘lmagan. 2023-yilda "KazTransOil" AJ O‘zbekistonga 154,3 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berdi", deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing