Qozog'iston yagona vaqt rejimiga o'tdi

Dunyo

1-martdan Qozog‘istonda yangi yagona vaqt mintaqasi kuchga kirdi.

Qozog'iston yagona vaqt rejimiga o'tdi
Hukumat qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 2024-yil 1-martdan boshlab butun hududda beshinchi vaqt mintaqasi (UTC+5) qoʻllanildi.

Ilgari Qozog‘istonda ikkita vaqt mintaqasi mavjud edi: UTC+5 va UTC+6. Mamlakatning katta qismi, g‘arbiy viloyatlardan tashqari, UTC+6 zonasida edi.

Qozog‘istonlik olimlar va ekspertlarning fikricha, avvalgi UTC+6 vaqt mintaqasi tabiiy quyosh vaqtiga to‘g‘ri kelmasdi, bu esa biologik ritmlar va odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatardi.

Ularning fikricha, yagona vaqt mintaqasining o‘rnatilishi nafaqat salomatlik uchun foydali, balki mamlakatning turli mintaqalari aholisi o‘rtasidagi vaqt to‘siqlarini bartaraf etadi, transport va boshqa aloqalarni muvofiqlashtiradi hamda biznesga va davlat organlari va favqulodda vaziyatlar xizmatlarining o'zaro hamkorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Ta’kidlash joizki, Oʻzbekistonning butun hududi ham UTC+5 vaqt mintaqasida joylashgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing