Qozogʻistonda Alisher Navoiy haykali qad rostladi
Dunyo
Balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi.
Qozogʻistonning Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi. Bu haqda Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratilgan va Ostona shahrida o‘rnatilgan.
Maʼlumot uchun, bugunga qadar Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.

Powered by Froala Editor