Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

Dunyo

2024-yilda Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston ishtirokida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi o’z rasmiy saytida xabar berdi.

Qozog‘istonda Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi
“Bu yil mamlakatimizda beshta davlat ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi va ular yuqori tashkiliy saviyada o‘tishi kerak. Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni saqlab qolish biz uchun nihoyatda muhim”, — dedi Qozog‘iston Mudofaa vaziri Ruslan Jaqsiliqov.

Matbuot xabarida taʼkidlanishicha, kelgusi yilda Qozogʻiston Qurolli kuchlari tomonidan 160 ta tezkor tayyorgarlik tadbirlari va 70 mingdan ortiq jangovar mashgʻulotlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Qolaversa, Olmaota shahrida qozoq milliy kurashi bo‘yicha birinchi MDH chempionati tashkil etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing