O‘zbekistonda 2024-yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar tasdiqlandi

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-mart kuni joriy yilda uy-joylar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 2024-yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar tasdiqlandi
Joriy yilgi dastur doirasida 100 mingta uy-joy qurish rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Masalan, bugungi kunda hududlarda 38 ta ana shunday massiv qurilishi boshlangan bo‘lsa, joriy yilda yana 17 ta massiv qurilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari qurilish ishlarida sifat, muddat va tannarx asosiy talab bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, ba’zi hududlardagi eski uylar renovatsiya asosida yangilanib, odamlarga zamonaviy sharoitlar yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha 85 mingta yoki 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p xonadon qurildi. Aholiga 17 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari ajratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing