Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi

O'zbekiston

Vazirning birinchi oʼrinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Botir Zokirov lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilayotgan hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy oʼsish surʼatlarini taʼminlash boʼyicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishida qurilish va transport kompleksidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Qurilish sohasi yarim yilda 10 foizga oʼsib, 80 trillion soʼmga yetgan. Shunday boʼlsa-da, xotirjamlikka berilmay, qurilishda tannarxni pasaytirish boʼyicha jiddiy shugʼullanadigan vaqt kelgani taʼkidlandi. Qurilish tannarxi faqat yer va qurilish materiallariga bogʼliq emasligi, texnik talablarni moslashtirish, loyihani kelishish, qurilishga ruxsat olishdagi murakkab tartibotlar ham tannarxga taʼsir qilishi qayd etildi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi vaziri Botir Zokirov sogʼligi tufayli lavozimidan ozod etildi, vazirning birinchi oʼrinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing