Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to'g'risida"gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Ramazon hayiti 30 mart kuni nishonlanadi
Prezident qarorida, Ramazon hayiti – saxovat, bag‘rikenglik va hamjihatlik ramzi ekanligi, mamlakat bo‘ylab bayramona ruhda nishonlanishi, bayramni milliy bag'rikenglik, an’ana va urf-odatlarga mos ravishda o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yurtdoshlar uchun ziyoratgohlarga tashrif buyurish uchun sharoit yaratish bo‘yicha ham maxsus chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Yakshanba dam olish kuni bo‘lgani uchun, qo‘shimcha dam olish kuni 31-mart – dushanba kuniga ko‘chiriladi.

Dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:

29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
31-mart (dushanba) — barcha uchun dam olish kuni.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing