Ranglarda jonlantirilgan orzular: “Orzu” loyihasi sizni ko'rgazmaga taklif qilmoqda
O'zbekiston
“Butunjahon Yoshlar Festivali” doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Mehrli qo‘llar” fondi, AVO Bank va We Digital marketing agentligi hamkorligida loyihaning ilk “Orzu” nomli noyob ko‘rgazma-auksioni tashkil etilmoqda.
“Orzu” — bu inson ijodkorligi va sun'iy intellektning maxsus uyg‘unlashuvidir. Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz bolalar taassurotlari asosida yaratilgan asarlar namoyish etiladi. Bu suratlar shunchaki surat emas, balki bolalarning chuqur va ta’sirchan xayollari va tasavvurlarining aksidir.
Ko‘rgazmada “Sharm Studio” rassomlari tomonidan qog‘ozga tushirilgan, sun'iy intellekt orqali yaratilgan 20 ta surat namoyish qilinadi. Ko'rgazma 27-iyundan 30-iyungacha bo'lib o'tadi, uning avj nuqtasi esa 29-iyun kuni xayriya auksioni o’tkazilganida bo’ladi.
Xayriya ko‘rgazmasida sotilgan ijodiy ishlar tushgan mablag‘lar ko‘zi ojiz bolalarning ko‘rish qobiliyatini tiklash uchun operatsiyalariga yo‘naltiriladi. Bizga qo‘shiling va bolalarning orzu qilgan dunyosini ko‘rishlariga yordam bering.
Shuningdek, Payme, Click va Payze to‘lov xizmatlari orqali ham loyiha uchun mablag‘ xayriya qilish imkoniyati mavjudligi hamma uchun qulaylik yaratadi.
Nega bu muhim?
Bu ko‘rgazma shunchaki suratlarni namoyish qilishdan ko‘ra muhimroqdir. Bu bolalarning qalblari bilan ko‘rgan dunyosiga yaqinlashish imkoniyatidir. “Orzu” loyihasi bizga tasavvur kuchini va har bir bolaning orzularini qo‘llab-quvvatlash qanchalik muhim ekanligini eslatadi. Keling va bolalar orzularini qo'llab-quvvatlang!
Ko‘rgazma: 2024-yil 27–30-iyun kunlari soat 10-00 – 17-00.
Auksion savdo: 2024-yil 29-iyun kuni soat 17-00 – 18-30
O‘tkazish joyi: Toshkent fotosuratlar uyi.

Powered by Froala Editor