Rasman! Apple yangi gadjetlari taqdimotini rasman 12-sentabrda o‘tkazadi

Texnologiya

Taqdimot Kaliforniyaning Kupertino shahrida bo‘lib o‘tadi. Uni onlayin kompaniya veb-saytida kuzatish mumkin.

Rasman! Apple yangi gadjetlari taqdimotini rasman 12-sentabrda o‘tkazadi
Amerikaning Apple kompaniyasi 12-sentyabr kuni ommaga yangi gadjetlari — iPhone va Apple Watchʼni namoyish etadi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida maʼlum qildi.

Taqdimot Kaliforniyaning Kupertino shahrida bo‘lib o‘tadi. Uni kompaniyaning rasmiy veb-saytida onlayn ko‘rish mumkin, translyatsiya soat 10:00 da boshlanadi.

Tadbirning markaziy qismi iPhone 15ʼning taqdimotiga qaratilgan. Bloomberg ma'lumotlariga koʻra, standart iPhone 15 modelida ilk bor Dynamic Island — frontal kamera uchun qo‘shimcha funksionallarga ega kesim paydo bo‘ladi. Pro va Pro Max seriyalari displeylari LIPO texnologiyalari bo‘yicha tayyorlanadi va shu tufayli ekran hoshiyasi 0,7 mm ga yupqalashadi va uning kengligi bor-yo‘g‘i 1,5 mm bo‘ladi. iPhone Pro’ning dizayni ham o‘zgaradi: korpus ramasi titan qorishmasidan tayyorlanadi, orqa paneli esa xiralashtirilgan shishadan. Telefonning ichki qurilmasi ham o‘zgartiriladi, bu esa uni ta’mirlashni osonlashtiradi.

Maʼlumot uchun, barcha iPhone 15 modellari Yevropa Ittifoqining yangilangan qoidalariga muvofiq USB zaryadlash porti bilan jihozlanadi.

Bundan tashqari, Apple kompaniyasi Apple Watch Series 9 ni taqdim etish niyatida. Qurilma uch yil ichida birinchi marta unumdorligini oshirishi kutilmoqda.

Odatda, Apple o‘z gadjetlarini taqdimotdan so‘ng darhol oldindan buyurtma qilish uchun taqdim etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing