Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi: Zamonaviy infratuzilma va yangi imkoniyatlar

O'zbekiston

Navoiy viloyatida Yangi Navoiy shaharchasi qurilishiga start berildi. Ushbu loyiha O‘zbekistonning zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslardan biridir.

Yangi Navoiy shaharchasi qurilishi boshlandi: Zamonaviy infratuzilma va yangi imkoniyatlar
Navoiy viloyatida Yangi Navoiy shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Normat Tusunov boshchiligida sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 avgustdagi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda va hududni zamonaviylashtirish, investorlar uchun jozibadorligini oshirishni maqsad qiladi.

Yangi shaharcha “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashadi va umumiy maydoni 1097,6 gektarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda 450 gektar yer maydonida qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shaharcha tarkibida yirik zamonaviy biznes va turarjoy binolari, "Yangi O‘zbekiston" bog‘i, madaniy dam olish sayilgohlari va Navoiy davlat pedagogika institutining yangi binolari barpo etiladi.

Loyiha doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, shu jumladan, kutubxona, sun’iy ko‘l va hunarmandchilik ustaxonalari qurilishi ham rejalashtirilgan. Qurilish ishlari 2040 yilgacha davom etishi kutilmoqda.

Navoiy viloyat hokimligi tomonidan loyiha uchun maxsus “Yangi Navoiy shaharchasi” ishbilarmonlik markazi direksiyasi tashkil etilgan bo‘lib, hududda bosqichma-bosqich barcha rejalashtirilgan obyektlar qurilishi amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing