Rekord yangilandi, O‘zbekistonning oltin zaxiralari qiymati $35 mlrddan oshdi
Iqtisodiyot
1-fevral holatiga ko‘ra, regulyator zaxiralaridagi aktivlarning umumiy qiymati bir oyda $1,73 mlrdga yoki 4,2% ga oshib, $42,9 mlrdni tashkil etdi. Ularning hajmi eng yuqori qiymatlarga yaqinlashdi. Bu haqida Markaziy bank xabar bermoqda.
Oltin zaxiralari qiymati $3,02 mlrdga — $32,03 mlrddan $35,06 mlrdgacha oshib, rekord ko‘rsatkichini yangiladi. Uning fizik hajmi 12,6 mln troy unsiya (391,9 tonna) oshdi.
O‘tgan oyda O‘zbekistonning valyuta zaxiralari $1,3 mlrdga kamaydi. Ularning hajmi $7,3 mlrdni, shu jumladan, boshqa mamlakatlar markaziy banklari va XVJdagi hisob raqamlarida $442,3 mlnni hamda xorijiy banklarda $6,75 mlrdni tashkil etdi.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati bir oy ichida biroz oshdi — $102,1 mln.
Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston 2024-yilda dunyoning eng yirik oltin xaridorlari o‘ntaligiga kirgan edi.

Powered by Froala Editor