O‘zbekiston sportchilari yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Sport

Para taekvondo va para yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan so‘nggi musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga yana ikkita oltin medal qo‘shildi. Asad Toshtemirov -80 kg vazn toifasida meksikalik raqibini mag‘lub etib, Paralimpiya chempioniga aylandi. Final jangida u Luis Mario Najerani 38:17 hisobida yengdi.

O‘zbekiston sportchilari yana ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Shuningdek, Yorqinbek Odilov F57 klassida nayza uloqtirish bo‘yicha musobaqada 50.32 metr natija bilan beshinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlar O‘zbekistonning Paralimpiya jadvalidagi o‘rnini yanada mustahkamladi.O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari o‘z yurtining sharafini himoya qilishda davom etmoqda va ular jahon sport maydonida yangi zafarlar yozmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing