Rim papasi Isroilni genotsidlikda ayblab, G'azodagi vaziyatni "uyatli" deb atadi

Dunyo

Rim papasi Vatikandagi diplomatlarga yillik murojaat bilan chiqadi. Papa Fransisk, Isroilning G‘azodagi harbiy kampaniyasini tanqid qilib, Falastindagi gumanitar vaziyatni “juda jiddiy va sharmandali” deb atadi.

Rim papasi Isroilni genotsidlikda ayblab, G'azodagi vaziyatni "uyatli" deb atadi
Papa o‘z nutqida, "Biz bolalarning muzlab o'lishlarini qabul qila olmaymiz, chunki shifoxonalar vayron bo'lgan, mamlakatning aksar energiya tarmog'iga zarba berilgan." “Biz hech qanday holatda tinch aholini bombardimon qilishni qabul qila olmaymiz.

Bolalar kasalxonalar vayron bo‘lgani yoki mamlakatning energiya tarmog‘i zararlangani sababli muzlab o‘lishini qabul qilib bo‘lmaydi", deya Vatikanda akkreditatsiyadan o‘tgan 184 mamlakatdan kelgan elchilarga murojaat qildi. Ular orasida Isroil elchisi ham bor edi.

Shuningdek, Papa Ukrainadagi urushni va dunyoning boshqa qismlaridagi mojarolarni tugatishga chaqirdi. U Sudan, Mozambik, Myanma va Nikaragua kabi joylardagi nizolarni ham eslatib o‘tdi va iqlim o‘zgarishiga qarshi choralar ko‘rishga va ijtimoiy tarmoqlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi kurashishga chaqirdi.

Papa odatda mojarolarda tomonlarni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashdan saqlanadi. Ammo u yaqinda Isroilning Falastinlik jangari guruh Hamasga qarshi harbiylarga nisbatan keskin fikrlar bildirdi va xalqaro hamjamiyat ushbu harakatlarni Falastin xalqiga qarshi genotsid sifatida ko‘rib chiqishi kerakligini taklif qildi.

“2025-yilga tilagim shuki, xalqaro hamjamiyat, avvalo, uch yildan beri qonga botayotgan Ukrainadagi urushni tugatish yo‘lida harakat qiladi”, deya 88 yoshli Papa nutqini yakunladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing