BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyo bo'ylab safarini boshlaydi

Dunyo

Uning birinchi manzili O‘zbekiston bo’ladi.

BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyo bo'ylab safarini boshlaydi
29-iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish barcha Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab safarini boshlaydi. U mintaqaga oxirgi marta 2017-yilda tashrif buyurgan. Bu haqda juma kuni Nyu-Yorkdagi brifingda BMT rahbarining matbuot kotibi Stefan Dyujarrik ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, har bir davlatda Bosh kotib davlat rahbarlari va yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan suhbatlashadi.

Turning birinchi bekati O‘zbekiston. 4-iyul kuni Qozog‘istonda Bosh kotib Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing