Rossiya G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yubordi
Dunyo
Bugun erta tongda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining IL-76 samolyoti El-Arish shahri aeroportiga jo‘nab ketdi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, yuklar tarkibida umumiy ogʻirligi 29 tonnadan ortiq boʻlgan don mahsulotlari, un, shakar va shaxsiy gigiyena vositalari bor.
“Yordam Misr Arab Respublikasi hududiga yetkaziladi va Misr Qizil yarim oy jamiyati vakillariga topshiriladi, ular uni G‘azo sektoriga o‘tkazadi”, — deyiladi idora bayonotida.
Bu Rossiyaning G‘azo xalqiga birinchi marta yordam qo‘lini cho‘zishi emas. O'tgan haftada Rossiyaning EMERCOM reysi ham mintaqaga muhim gumanitar yuk yetkazdi.
Bundan tashqari, 16-mart kuni Germaniya harbiy-havo kuchlari ham G‘azo sektori ustidan gumanitar yuklarni tushirib, yordam ko‘rsatganini alohida ta’kidlash lozim. Og'irligi 4 tonna bo'lgan oziq-ovqat konteynerlari parashyut yordamida tushirilgan.

Powered by Froala Editor