Rossiya hukumati benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni ikki oyga uzaytirdi
Dunyo
Rossiya hukumati 2024 yilning sentabr va oktyabr oylarida benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Davlat Dumasida Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin ma’lum qildi. Uning aytishicha, ushbu chora ichki bozorni barqarorlashtirish uchun zarur.
Sorokinning so‘zlariga ko‘ra, dizel yoqilg‘isi uchun bunday choralar talab qilinmaydi, biroq hukumat dizel yoqilg‘isini ishlab chiqaruvchilar bo‘lmagan shaxslar tomonidan hatto Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida ham eksport qilish imkoniyatini cheklashni rejalashtirmoqda. Bu ishlar davom ettiriladi.
Hukumat joriy yilning 1 martidan 31 avgustiga qadar benzin eksportiga taqiq qo‘ygandi. Bu chora bahorgi dala ishlari, ta’til mavsumi va NPZdagi (neftni qayta ishlash zavodlari) rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari davomida ichki bozorni barqarorlashtirish maqsadida joriy qilingan edi.
20 maydan 30 iyungacha bu taqiq vaqtincha to‘xtatilgan edi, chunki NPZlarda rejalashtirilmagan ta’mirlash ishlari tugallangan va yetarli yoqilg‘i zaxiralari shakllantirilgan edi. Keyinchalik taqiqning amal qilish muddati iyul oxirigacha uzaytirilgan. Energetika vaziri Sergey Tsivilev ushbu choralar ichki bozorni to‘ldirishga yordam berganini ta’kidladi.
Iyul o‘rtalarida Energetika vazirligi benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni sentabr va oktyabr oylariga, ishlab chiqaruvchi bo‘lmaganlar uchun esa yil oxirigacha uzaytirishni taklif qildi. Ushbu choralar ichki bozorni ta’mirlash ishlari va mavsumiy talab davrida himoya qilishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor