Rossiya migrantlar uchun viza rejimiga o‘tmaydi, lekin nazoratni kuchaytiradi

Dunyo

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlari uchun vizalar joriy etilishi Rossiyaning uzoq muddatli manfaatlariga zid ekanini aytdi. Biroq ularning xatti-harakatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi.

Rossiya migrantlar uchun viza rejimiga o‘tmaydi, lekin nazoratni kuchaytiradi
Rossiya mehnat muhojirlari uchun eshiklarni yopmoqchi emas, lekin ularning mamlakatda qolishini qattiqroq nazorat qilmoqchi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Davlat dumasida ma’lum qilib, Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlaridan kelgan muhojirlar uchun viza rejimi joriy etilishi mamlakatning strategik manfaatlariga javob bermasligini aytdi.

"Biz ularning xatti-harakatlari ustidan nazoratni kuchaytirish, biroq to‘siqlar qo‘ymaslik, ayniqsa viza rejimini joriy etmaslik kerakligidan kelib chiqamiz," - dedi Lavrov. Uning eslatishicha, muhojirlar tomonidan ko‘plab qonunbuzarliklar qayd etilgan va rasmiylar tartibni nazorat qilishi, ammo mehnat migratsiyasini sun’iy to‘siqlar bilan cheklamasligi kerak.

TIV rahbarining ta’kidlashicha, joriy chora-tadbirlar mamlakatni chet ellik ishchilar uchun yopishga emas, balki nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing