Rossiya Mudofaa vazirligi Toretsk shahrini egallaganini e’lon qildi
Dunyo
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatining Baxmut tumanida joylashgan Toretsk shahrini bosib olganini e’lon qildi. Ukraina loyihasi DeepState ma’lumotlariga ko‘ra, shaharning markazi egallangan, ammo uning chekkalarida janglar davom etmoqda.
Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, besh oy davom etgan janglar natijasida Ukraina Qurolli Kuchlari (UQQ) 26 mingdan ortiq askar va 600 ga yaqin harbiy texnikani yo‘qotgan. Shuningdek, Rossiya Mudofaa vazirligi Toretsk aglomeratsiyasiga kiruvchi boshqa aholi punktlari uchun janglar hali ham davom etayotganini ma'lum qilgan.
Biroq, Ukraina Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toretsk uchun janglar davom etmoqda. "Xortitsa" operativ-strategik harbiy guruhi vakili Nazar Voloshinning RBK-Ukraina axborot agentligiga bergan bayonotiga ko‘ra, janglar hozir shahar ichkarisida, turar-joy hududlarida kechmoqda. Shu tariqa, u Rossiya tomonidan Toretsk shahrining to‘liq egallangani haqidagi ma’lumotni inkor etdi.
DeepState harbiy loyihasining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Zabalka mikrorayoni, shuningdek, Toretskning shimoliy va g‘arbiy chekkalarida janglar davom etmoqda. "Shaharning markazi deyarli butunlay dushman nazorati ostida", deb yozadi loyiha mualliflari.
"Nova Gazeta Yevropa" bilan suhbatda anonim harbiy ekspert "Agar Toretsk hali to‘liq Rossiya nazoratiga o‘tmagan bo‘lsa ham, yaqin kunlarda egallanadi", deb hisoblaydi. Uning fikricha, keyingi bosqichda Rossiya armiyasi Konstantinovkani egallashga urinadi, natijada Toretskning bosib olinishi Rossiyani Donetsk viloyatini to‘liq egallashga bir qadam yaqinlashtiradi.
Rossiya qo‘shinlari 2024-yil avgust oyida Pokrovsk yaqiniga yetib kelgan, ammo olti oydan beri viloyatning ushbu muhim strategik markazini egallashga muvaffaq bo‘la olmayapti. Toretsk uchun janglar esa sentyabr oyida boshlangan.

Powered by Froala Editor