Rossiya prezidenti Putin 24 yil ichida ilk marta Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi

Siyosat

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18–19-iyun kunlari Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan boradi, bu Rossiya rahbarining Pxenyanga ikkinchi safari hisoblanadi.

Rossiya prezidenti Putin 24 yil ichida ilk marta Shimoliy Koreyaga tashrif buyuradi
Birinchi bunday tashrif 2000-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan edi. Putin Shimoliy Koreyaga tashrifidan soʻng Vyetnamga boradi va bu uning so'nggi yetti yil ichida ushbu Osiyo mamlakatiga birinchi tashrifi bo'ladi.

Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov 17-iyun kuni jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan brifingda ikkala tashrif ham ikki kunlik bo'lishi rejalashtirilganligini, ammo tadbirlarning asosiy qismi ikkinchi kuni bo'lib o'tishini ma'lum qildi.

Rossiya prezidenti KXDRga 18-iyun kuni kechqurun yetib boradi. Rossiya delegatsiyasini rasmiy kutib olish marosimi va undan keyin Shimoliy Koreya Davlat kengashi raisi Kim Chen Inning qarorgohidagi uchrashuv 19-iyun kuni tushlikdan keyin bo‘lib o‘tadi. Rossiya va Shimoliy Koreya oʻrtasidagi muzokaralar tor va kengaytirilgan tarkibda oʻtkaziladi. Ushakovning soʻzlariga koʻra, eng muhim va nozik masalalar, XXR raisi Si Szinpin bilan boʻlgan muzokaralar kabi, yetakchilar oʻrtasidagi uzoq davom etadigan norasmiy muloqot chogʻida, qarorgoh atrofida sayr qilish va choy ichish paytida muhokama qilinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing