Rossiya Shimoliy Koreya harbiylarini "G'alaba kuni" bayramiga taklif qildi
Dunyo
Dushanba kuni Pyo Yangga rasmiy tashrif buyurgan Mudofaa vaziri Andrey Belousov Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Belousov KXDR rahbariga "Rossiya bilan aloqalarni chuqurlashtirishga bo‘lgan sodiqligi uchun" rahmat aytib, Shimoliy Koreya haqida: "Bu mamlakatlar ichida faqatgina bir nechta davlatlar tashqi siyosatda mutloq mustaqil yondashuvni amalga oshiradi", — dedi.
Belousov shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylarini G'alaba kuni munosabati bilan Moskvadagi harbiy paradga taklif qildi. "Rossiyada KXDR Qurolli Kuchlari bo‘linmalarini 9-mayda Qizil maydonda o‘tkaziladigan harbiy paradga qatnashish uchun taklif qilishga ijobiy javob kutilyapti", — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligining xabarida.
Eslatib o'tamiz, 2024-yil iyun oyida Vladimir Putin Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida KXDR va Rossiya o‘rtasida keng ko‘lamli strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Oktyabr oyining oxirida G‘arb nashrlari Shimoliy Koreyaning Rossiyaga o‘n mingga yaqin harbiy yuborganini va ular Ukraina bilan bo‘lgan urushda ishtirok etayotganini xabar qilgan.

Powered by Froala Editor