Rossiya ukrainalik bolalarini o'z hududiga majburiy deportatsiya qilganlikda ayblanishi mumkin
Dunyo
Yel universitetining jamoat salomatligi maktabi tomonidan tayyorlangan hisobotda, Kreml tomonidan ishlab chiqilgan, Ukraina rusifikatsiyasi (ukrain bolalarini ruslashtirish) dasturi amalga oshirilayotganligi haqida dalillar keltirilgan.
Dastur doirasida, Rossiyaga deportatsiya qilingan Ukraina bolalarini ukrain millatidan ajratish va ularni rossiyalik oilalarda tarbiyalash uchun samolyotlar va davlatning boshqa vositalari ishlatilgan. Bunga oid ma'lumotlar 3 dekabrda e'lon qilingan Yel jamoat salomatligi maktabi hisobotida keltirilgan.
AQSh Davlat departamenti tomonidan qo'llab-quvvatlangan tadqiqotda, 314 nafar ukrain bolasi, 2022-yilning birinchi oylarida, Kremlning Ukrainaga qarshi bosqini boshlangan dastlabki bosqichlarida Rossiyaga olib ketilganligi haqida so'z boradi.
Bu bolalar Kreml tomonidan moliyalashtirilgan Ukraina rusifikatsiyasi dasturining bir qismi bo'lgan. 2023-yil mart oyida, Xalqaro jinoyat sudi (XJS) Vladimir Putinni va Rossiyaning bolalar huquqlari bo'yicha vakili Mariya Lvova-Belovani, Ukraina bolalarini deportatsiya qilishda ishtirok etganliklari uchun hibsga olish tog'risida order bergan.
Tadqiqotchi Nataniyel Reymond, Yel universitetining Gumanitar tadqiqotlar laboratoriyasining ijrochi direktori, (bugun) chorshanba kuni o'z tadqiqotining natijalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Reymondning so'zlariga ko'ra, hisobotda "Ukraina bolalarining deportatsiyasi Kreml tomonidan boshqariladigan tizimli dasturining bir qismi ekanligini ko'rsatadigan dalillar" keltirilgan. Majburiy ko'chirish xalqaro huquq bo'yicha insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi. Insoniyatga qarshi jinoyatlar, odatda, hatto harbiy jinoyatlardan ham jiddiyroq deb hisoblanadi. Bu kabi jinoyatlar bo'yicha Putin ham ayblanmoqda, deb "Amerika ovozi" xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor