Rossiya va Ukraina yirik asirlar almashinuvini amalga oshirdi
Dunyo
Moskva va Kiyev so‘nggi yillardagi eng yirik harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Ozod qilinganlar orasida turli hududlarda, jumladan, Mariupol, Donetsk, Lugansk, Xerson, Xarkov va Zaporojyeda qo‘lga olingan harbiylar bor.
19-mart, chorshanba kuni Rossiya va Ukraina so‘nggi vaqtlardagi eng yirik asirlar almashinuvini amalga oshirdi. Har ikki tomondan 175 nafar harbiy asir va asirga olingan tinch aholi o‘z uylariga qaytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy almashinuvni tashkil etishda yordam bergan Birlashgan Arab Amirliklariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u ozod qilinganlarning barchasiga zarur tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilishini aytib o‘tdi.
Bundan tashqari, Rossiya og‘ir yaralangan 22 nafar ukrainalik harbiyni "yaxshi niyat ramzi" sifatida topshirgan.
Ushbu almashinuv Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini muhokama qilgan AQSH prezidenti Donald Tramp asosiy rol o‘ynagan vaqtinchalik yarashuv bo‘yicha muzokaralar fonida bo‘lib o‘tdi. Masala ochiq qolmoqda, ammo asirlar almashinuvi tomonlar o‘rtasidagi muloqotga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor