Putin: Rossiya yadroviy urushga tayyor
Siyosat
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 13-mart kuni jurnalist Dmitriy Kiselevga intervyu berdi. U Rossiyaning ehtimoliy yadroviy urushga tayyorligini va Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralari shartlarini aytib o'tdi.
Suhbat davomida Rossiya "harbiy-texnik nuqtai nazardan" yadroviy urushga tayyor ekanligi ta'kidlandi. Putinning so'zlariga ko'ra, raketalar doimo hushyor holatda. Shu bilan birga, u Rossiya bunday qurollardan faqat o‘z tamoyillariga muvofiq ravishda foydalanishini ta’kidladi.
Jurnalist Kiselyovning Rossiyaning janglarda yo‘qotishlari va Rossiya to‘lashga tayyor bo‘lgan narx haqidagi savoliga javob berar ekan, Putin Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazishdan bosh tortish Rossiya uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi va yo‘qotishlarni bir necha barobar oshirishi mumkinligini aytdi.
"Har bir insonning hayoti bebahodir, har birining. Va yaqin insondan ayrilish oila uchun, har qanday oila uchun juda katta qayg'u keltiradi. Bu bilan nima demoqchiman? [...] Agar biz bugun bu odamlardan voz kechsak, ertaga bizning yo‘qotishlar bir necha barobar ortishi mumkin va farzandlarimizning kelajagi bo‘lmaydi, chunki o’shanda o‘zimizni ishonchsiz his qilamiz, uchinchi yoki to‘rtinchi toifadagi davlatga aylanamiz”, — dedi Putin.
Rossiya rahbari Moskva hech qachon tinchlik muzokaralaridan bosh tortmaganini, ammo endi “qandaydir xohish-istaklar”ga emas, balki "yer yuzida" shakllangan voqelikka asoslangan muloqotga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. Shu bilan birga, Putinning qo'shimcha qilishicha, Moskva Ukrainani qayta qurollantirish uchun pauza haqida emas, balki Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini ta’minlovchi "jiddiy muzokaralar" haqida gap ketayotganiga amin bo'lishi kerak. Prezident Putin “adolatli kelishuv” tuzish masalasida “hech kimga ishonmasligini” tan oldi.

Powered by Froala Editor