Rossiyada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Rossiyaga uchdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan YTH oqibatida halok bo‘lgan va jabrlangan o'zbekistonliklarni vatanga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 12-yanvar kuni soat 11:20 da Rossiya Federatsiyasiga uchib ketdi.

Rossiyada halok bo‘lgan 7 o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Rossiyaga uchdi
Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni Rossiyaning Penza viloyatidagi M-5 Ural trassasida sodir bo‘lgag YTHda 9 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Prezident topshirig‘iga binoan Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vafot etgan va jabrlangan fuqarolarni vatanga olib kelish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing