Sahroi Kabir cho'li bir necha o'n yilliklar ichida birinchi marta qisman suv ostida qoldi

Dunyo

Marokash va Jazoirda g'ayrioddiy hodisa yuz berdi-Sahroi Kabir cho'lini qisman suv bosdi. Bu bir necha o'n yilliklar ichida birinchi marta sodir bo'ldi.

Sahroi Kabir cho'li bir necha o'n yilliklar ichida birinchi marta qisman suv ostida qoldi
Kuchli yomg'ir tufayli 20 dan ortiq odam halok bo'ldi, fermerlarning hosili esa zarar ko'rdi. Bu haqda The Independent nashri yozadi.

Marokash hukumati sentyabr oyida mamlakatning ayrim hududlarida ikki kun ichida rekord darajada yog'ingarchilik bo'lganini ma'lum qildi.

Suv toshqini natijasida Sahroi Kabir cho'lining palma daraxtlari va qumtepalari orasida ko'k lagunalar paydo bo'ldi. Hatto 50 yil davomida quruq bo'lgan Iriki ko'li ham yana suv bilan to'ldirildi.

Marokash meteorologiya bosh boshqarmasi vakili so'nggi 30-50 yil ichida bunday qisqa vaqt ichida yog'ingarchilik bo'lmaganligini ta'kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing