Saida Mirziyoyeva: ayollar va bolalar huquqlari — hisobot emas, amaliy harakat masalasi
O'zbekiston
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hamda erta homiladorlik sabablarini muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda ichki ishlar, adliya, sog‘liqni saqlash va ta’lim vazirlari, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mahallalar uyushmasi, bolalar ombudsmani hamda Nemolchi.Uz loyihasi asoschisi Irina Matviyenko ishtirok etdi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilganini va bolalarga qarshi jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirilganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u bu bilan cheklanib qolmaslik zarurligini qayd etdi.
«Zo‘ravonlik holatlariga tezkor va samarali javob beradigan tizim yaratilishi shart», — dedi u.
Unga ko‘ra, ko‘pincha real holat yashiriladi — statistikadan, tanqiddan va jazodan qo‘rqiladi. Bu esa jabrlanganlarni himoya qilishga to‘sqinlik qiladi.
Saida Mirziyoyeva mas’ul rahbarlarni zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga qarshi qat’iy kurashishga chaqirib, ayollar va bolalar huquqlari amaliy harakatlar bilan, emas, so‘z bilan himoya qilinishi lozimligini ta’kidladi.
«Inson taqdiri statistikadan muhimroq», — dedi u.

Powered by Froala Editor