Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatida may oyidagi topshiriqlar ijrosini baholadi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga navbatdagi tashrifi davomida may oyidagi muhokamalar yakunida berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirdi. Hududda suvdan oqilona foydalanish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohasidagi loyihalar davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatida may oyidagi topshiriqlar ijrosini baholadi
Juyzar kanalining 9 kilometri betonlashtirildi, yana 10 kilometrlik qismida ishlar olib borilmoqda. Loyiha yakunlangach, yiliga qariyb 12 million kub metr suvni tejash kutilmoqda. Kanal yaqinida baliqchilik xo‘jaligi ham faoliyat boshlagan.

«Shayxoncha» mahallasida 240 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, «Afshona» majmuasi, etno-uylar tashkil etish, tarixiy Juyi Muliyon kanalini tiklash, mehmonxonalar hamda yangi aeroport yaqinida turistik klaster barpo etish loyihalari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihalar sayyohlar oqimini yiliga 10 million kishigacha oshirish va Buxoroni shunchaki tranzit nuqta emas, balki to‘laqonli sayyohlik maskaniga aylantirishga xizmat qiladi.

Tashrif yakunida Saida Mirziyoyeva Buxoroning yetti piri ziyoratgohlarini ziyorat qildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing