Saida Mirziyoyeva muborak Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi

O'zbekiston

“O‘ziga xos ruhiy poklanish oyi qalbingiz, ongu shuuringizni quvvatlantirib, mashaqqatlarni yengish hamda orzu-maqsadlarga yetish uchun kuch bersin. Muqaddas oy ko'ngillarga ilhom, halovat-xotirjamlik bag'ishlasin, hayotning har bir lahzasini qadrlash imkonini bersin”, — deb yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida.

Saida Mirziyoyeva muborak Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi
Eslatib o‘tamiz, bu yil Ramazon oyi 2024-yil 11-mart, dushanba kuni boshlandi va 2024-yilning 9-apreliga qadar davom etadi. Musulmonlarning ushbu muqaddas oyida odamlar quyosh chiqishidan to kun botishiga qadar ro'za tutishadi.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilingan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing