Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi Yaponiyaning yangi elchisi bilan uchrashdi

O'zbekiston

Toshkentda Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi Yaponiyaning yangi elchisi Kendzi Hirata bilan uchrashdi. Tomonlar Prezidentning Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik va ikki tomonlama kun tartibini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi Yaponiyaning yangi elchisi bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistondagi Yaponiyaning yangi tayinlangan elchisi Kendzi Hirata bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik hamda ikki tomonlama kun tartibining dastlabki yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Tokio va Osaka shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan ko‘rgazmalarni ham o‘z ichiga olgan ta’lim, tibbiyot va madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagani uchun Yaponiya Hukumatiga minnatdorlik bildirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing