Saida Mirziyoyeva va Oguljahon Atabayeva “Inson” markaziga tashrif buyurishdi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda, balki ijtimoiy sohada ham izchil rivojlanmoqda. Saida Mirziyoyeva Oguljahon Atabayeva bilan Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘ldi. Bu haqida Prezident yordamchisi o'z rasmiy sahifasida yozdi.
Saida Mirziyoyeva mehmonni kutib olishdan mamnunligini bildirar ekan, ushbu tashrif do‘stlik va o‘zaro anglashuvning yana bir yorqin namunasiga aylanganini ta’kidladi.
“Qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmonimiz — muhtarama Oguljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnunman,” deya yozdi Saida Mirziyoyeva o‘z rasmiy sahifasida.
Uchrashuv doirasida ikki davlat vakillari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlarga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, imkoniyati cheklangan bolalar uchun yaratilayotgan qulayliklar va zamonaviy sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
Mirziyoyeva uchrashuv yakunida quyidagilarni ta’kidladi: “Bugun biz birgalikda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdik. Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman!”

Powered by Froala Editor