Saida Mirziyoyeva va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini o‘quv yili yakunlangani bilan tabrikladi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidentining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva maktab bitiruvchilarini o‘quv yili yakunlangani bilan samimiy tabrikladi.
"Barcha ustozlar va o‘quvchilarni o‘quv yilining yakuni bilan tabriklayman! Katta hayot ostonasida turgan bitiruvchilarga omad tilayman. Har bir shogirdining yorqin kelajagi uchun beqiyos hissa qo'shayotgan o‘qituvchi va murabbiylarga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman. Sizning mehnatingiz qanot bag‘ishlaydi!", — deb yozdi u Telegram-kanalida.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham o‘quvchilarni maktabni muvaffaqiyatli tamomlagani bilan tabrikladi. “Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman”, — dedi u.

Powered by Froala Editor