Saida Mirziyoyeva YeTTB prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
O'zbekiston
Bryusselda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va islohotlari tufayli O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi sheriklik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. U bank ko‘magida irrigatsiya va “yashil” iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda YTTB tomonidan “Women in Business” va “Youth in Business” dasturlarini qo‘llab-quvvatlanayotgani, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik yuqori baholandi.
Tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik ruhida olib borayotgan sa’y-harakatlari mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlayotganini ta’kidladi.
Ma’lumot Saida Mirziyoyeva — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining rasmiy kanalidan olindi.

Powered by Froala Editor