“Samarqand – MDHning madaniy poytaxti” dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

O'zbekiston

Hamid Olimjon nomidagi Samarqand viloyat musiqa va drama teatrida 4-aprel kuni “Samarqand – MDH madaniyat poytaxti” dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Samarqand – MDHning madaniy poytaxti” dasturining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Tadbir davomida shahar hokimligiga Hamdo‘stlik madaniyati poytaxti faxriy unvonini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining xalqaro madaniy masalalar bo'yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir doirasida MDH davlatlari sanʼat ustalarining katta konserti boʻlib oʻtgani maʼlum qilindi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili Sankt-Peterburg MDHning madaniy poytaxti bo'lgan. Dastur va maqomga muvofiq Samarqand 2024-yilda MDH mamlakatlari madaniyat va san'at arboblarining ijodiy uchrashuvlari va gastrollari, olimlar va sportchilarning chiqishlari, ochilish kechalari va ko'rgazmalar o'tkazish uchun asosiy maydon bo'ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing