Samarqand va Konya rasmiy ravishda birodar shaharlarga aylandi

O'zbekiston

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy hamkorlik yangi bosqichga chiqdi. Samarqand va Konya shaharlari birodarlik to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Shaharlar iqtisodiyot, turizm, IT, ta’lim va boshqa muhim yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirishdi.

Samarqand va Konya rasmiy ravishda birodar shaharlarga aylandi
10-fevral kuni Konyada Samarqand hokimi Fazliddin Umarov va Konya meri Ibrohim Altay birodarlik bitimini imzoladilar. Ushbu hujjatda tomonlarning sheriklikni ishonch, tenglik va o‘zaro hurmat asosida rivojlantirish niyatlari mustahkamlangan.

Hamkorlik iqtisodiyot, investitsiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, turizm, IT-sektor va ekologiyani qamrab oladi. Bundan tashqari, tomonlar tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

Konya – Turkiyaning yirik shaharlardan biri bo‘lib, ilmiy, sanoat va qishloq xo‘jaligi markazi hisoblanadi. Shahar texnologik sektor va innovatsion ishlab chiqarishlarni faol rivojlantirmoqda, bu esa hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Bitim imzolanishi O‘zbekiston hokimlari uchun amaliyot dasturi doirasida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida "Yuksalish" harakati raisi Bobur Bekmurodov ham bo‘lib, u Konya meri bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Samarqand va Konya o‘rtasidagi birodarlik bitimi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda iqtisodiy va madaniy jihatdan strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun muhim qadam hisoblanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing