Samarqanddagi natijadorlik va yangi rejalar yuzasidan axborot berildi
O'zbekiston
30-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentiga Samarqand viloyatida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va yangi rejalar haqida ma’lumot berildi. Aholi soni va o‘sish sur’atlari bo‘yicha yirik hududlardan biri bo‘lgan viloyatda so‘nggi 8 yilda 1 132 ko‘p qavatli uy qurilib, 56 ming oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
Maktabgacha ta’lim qamrovi 21 foizdan 73 foizga, oliy ta’lim esa 10 foizdan 45 foizga oshdi. Tekstil, metallurgiya, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish va turizm sohalari jadallik bilan rivojlanmoqda.
Hududda sanoat ishlab chiqarish hajmi 1,7 barobarga oshib, 45 trillion so‘mdan oshdi. Biroq ishlab chiqarish notekis taqsimlangan: Samarqand shahri 37 foiz, Jomboy, Samarqand va Urgut tumanlari esa 23 foiz ulushni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, Nurobod, Payariq va Kushrabod tumanlarida sanoat deyarli rivojlanmagan.
2025-yil boshidan buyon qashshoqlik darajasi 7,5 foizdan 6,9 foizga tushdi. Yil oxirigacha 150 ming kishi ish bilan ta’minlanib, 90 ming fuqaro qashshoqlikdan chiqarilishi rejalashtirilgan.
Prezident tashabbusi bilan viloyatda islohotlar shtabi tashkil etilgan. Ishbilarmonlar taklifiga asoslangan loyihalar ishlab chiqilgan. Jumladan:
Nurobod tumanida 115 gektarlik sanoat zonasi ($472 mln investitsiya, 1 200 ish o‘rni);
Kushrabodda Xitoy investori ishtirokida granit qazib olish va qayta ishlash loyihasi ($40 mln);
Bulung‘ur tumanida in vitro laboratoriyasi va urug‘lik kartoshka brendi, shuningdek, $100 mlnlik biofarmatsevtika zavodi.
Umuman, $1,2 milliardlik 14 ta yangi loyiha orqali 12 mingta ish o‘rni yaratiladi va $82 millionlik eksport daromadi ta’minlanadi.
Prezident ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi va ularni tezkor amalga oshirish, barcha hududlarda investitsiya va eksport salohiyatini muvozanatli oshirish zarurligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor