Saudiya Arabistoni barcha xaridorlar uchun neft narxini pasaytirmoqda

Iqtisodiyot

Ar-Riyodning bunday qarorga kelishiga jahon neft bozoridagi talab kamligi sabab bo‘lgan. "Saudi Aramco"ning asosiy bozori - Osiyo uchun "Arab Light" neft turi narxi bir barrelga 1,5 dollargacha pasaytiriladi.

Saudiya Arabistoni barcha xaridorlar uchun neft narxini pasaytirmoqda
Saudiya Arabistoni barcha hududlardagi xaridorlar uchun fevral oyida yetkazib beriladigan neft narxini pasaytirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Unga koʻra, qaror jahon bozoridagi zaif talab fonida qabul qilingan.

Saudiya neftining narxi ma’lum bir bozor uchun standart tur bo‘lgan benchmarkka ustama orqali aniqlanadi. Shu tariqa, Ar-Riyodning asosiy bozori – Osiyoga yetkazib berish uchun "Arab Light" neft navi bo‘yicha ustama narx 2 dollarga pasaytiriladi va barrel uchun 1,5 dollarni tashkil qiladi. Shu bilan birga, "Bloomberg" tomonidan so‘rovda qatnashgan neftni qayta ishlash zavodlari va treyderlar 1,25 dollarga pasayishni kutgan.

Qirollikning "Saudi Aramco" milliy neft kompaniyasi ham Shimoliy-G‘arbiy Yevropa, O‘rta Yer dengizi va Shimoliy Amerikaga fevral oyi uchun yetkazib berish narxini pasaytirmoqda.

Maʼlumot uchun, 2023-yilda jahon bozorida neft narxi 2020-yildan beri birinchi marta pasaydi. "Bloomberg"ning qayd etishicha, bozor HAMAS-Isroil urushi sabab kelib chiqqan Yaqin Sharqdagi keskinlashuvga narxlar sezilarli darajada oshishi bilan hali javob bermadi. Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Yamandagi Eron bilan bog‘liq husiychi jangchilarning Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlari ham haligacha ta’minotning uzilishiga olib kelgani yo‘q.

Neft iste’moli odatda fevral va mart oylarida kamayadi. Bu vaqtda neftni qayta ishlash zavodlari texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing